Bugun
66
O'zbek

Levandovskining gol va assisti «Chikago»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi

Futbol
29 avgust, 23:07
Serbiyalik forvard Deyan Yovelichning dubliga Robert o‘ziga xos tarzda javob bera oldi.
Levandovskining gol va assisti «Chikago»ni mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi
Foto: Gettyimages
29.08.2026 FT MLS USA Seattle Sounders FC Seattle Sounders FC 2 : 2 Chicago Fire FC Chicago Fire FC

«Lyumen Fild» stadionida MLS navbatdagi bellashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda mahalliy «Sietl Saunders» o‘z maydonida «Chikago Fayr»ni qabul qildi. O‘yin 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

Mezbonlar tarkibida serbiyalik forvard Deyan Yovelich dubl qayd etgan bo‘lsa, mehmonlar yetakchisi, polshalik Robert Levandovski gol urdi va Maren Xayl-Selassiga golli uzatma yetkazib berdi.

Ma’lumot uchun, «Sietl» mana qatorasiga 10 o‘yindan buyon g‘alaba nimaligni bilmay kelmoqda: 8 mag‘lubiyat va 2 durang. Ushbu seriyasi 2026-yil may oyida boshlangan edi. «Saunders» 21 o‘yinda 26 ochko bilan MLS G‘arbiy konferensiyasida 12-pog‘onada qolgan bo‘lsa, «Chikago» qatorasiga 5 ta o‘yindan buyon mag‘lub bo‘lmayapti: 3 g‘alaba va 2 durang. «Fayr» 37 ochko bilan Sharqda uchinchi o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Seattle Sounders FC Seattle Sounders FC
  • Chicago Fire FC Chicago Fire FC
  • MLS USA MLS USA
Bugungi yangiliklar