Live
5
O'zbek

“Barselona” Fortni “Real Sosiyedad”ga sotdi

Futbol
29 avgust, 18:30
Kataloniya klubi 20 yoshli himoyachining transferi boʻyicha bir qancha huquqlarni saqlab qoldi.
“Barselona” Fortni “Real Sosiyedad”ga sotdi
Foto: Real Sociedad

“Barselona” himoyachi Ektor Fortning “Real Sosiyedad” klubiga oʻtganini rasman eʼlon qildi.

Kataloniya klubi 20 yoshli futbolchini qayta sotib olish huquqini va uning keyingi transferidan foiz olish imkoniyatini oʻzida saqlab qolishini maʼlum qildi.

Avvalroq transfer qiymati 8 million yevroni tashkil qilishi haqida xabarlar tarqalgandi. Shuningdek, “koʻk-anorranglilar” ispaniyalik himoyachining keyingi sotuvidan tushgan mablagʻning 50 foizini olishi va himoyachini 20 million yevroga qayta sotib olish huquqiga ega boʻlishi mumkin.

Fort oʻtgan mavsumni “Elche”da ijarada oʻtkazdi va La Ligada 14 ta oʻyinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va yana 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Real Sociedad Real Sociedad
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Bugungi yangiliklar