Londonning «Tottenhem» klubi yarimhimoyachisi Pap Matar Sarr «Yuventus» taklifini qabul qildi. 23 yoshli futbolchi faoliyatini Turinda davom ettirishni istamoqda – tomonlar shaxsiy shartnoma borasida kelishib olishgan, deb xabar bermoqda insayder Fabritsio Romano.
Klublar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda: «keksa siniora» sotib olish huquqi bilan ijarani taklif qilmoqda, inglizlar esa sotib olish to‘g‘risidagi band majburiy bo‘lishni istamoqda.
Transfermarkt portali senegallikning aktual transfer narxini 30 mln yevroga baholamoqda. Pap Matar Sarr umumiy hisobda «Tottenhem» safida 141 ta o‘yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va yana shuncha golli uzatma yetkazib berdi.