“Chelsi” hujumchisi David Fofana faoliyatini Shveysariyada davom ettiradi.
“Servett” klubi ivuarlik 23 yoshli futbolchi bilan 2030 yil yozigacha shartnoma tuzilganini maʼlum qildi.
Avvalroq transfer qiymati 2,5 million yevroni tashkil qilishi, shuningdek, 1 million yevro bonuslar koʻrinishida toʻlanishi xabar qilingandi.
Fofana avvalroq “Union”, “Byornli”, “Goʻztepa”, “Fotih Karagyumryuk” va “Strasburg” klublarida ijarada toʻp tepgan. U 2023 yilda “Chelsi”ga oʻtganidan soʻng jamoaning asosiy tarkibida atigi 4 ta oʻyinda maydonga tushgan, ammo samarali harakatlar bilan ajralib tura olmagan.
“Chelsi” Fofanani Shveysariya klubiga sotdi
Futbol
1 sentabr, 18:28
23 yoshli hujumchi London klubida atigi 4 ta oʻyinda maydonga tushdi.
Foto: Getty Images