Bugun
15
O'zbek

“Man Siti” Ndiaye transferini eʼlon qildi

Futbol
1 sentabr, 16:27
“Shaharliklar” “Everton”ning senegallik vingerini sotib olishdi.
“Man Siti” Ndiaye transferini eʼlon qildi
Foto: Manchester City

“Everton” vingeri Iliman Ndiaye “Manchester Siti” futbolchisiga aylandi.

Senegal milliy jamoasining 26 yoshli futbolchisi “shaharliklar” bilan 5 yillik shartnoma imzoladi.

Transfer qiymati 60+5 million funtni tashkil etdi.

Oʻtgan mavsumda Iliman APLda 32 ta oʻyinda 6 ta gol urgan va yana 3 ta golga assistentlik qilgan. Bu mavsumda esa u 2 ta bahsda 1 ta assist qayd etdi.

Vinger 2026 yilgi Jahon chempionatida 3 ta oʻyinda 1 ta gol va 2 ta assistni oʻz hisobiga yozdirib qoʻygan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar