“Yuventus” “Tottenhem”dan Papa Matar Sarr transferini amalga oshirganini eʼlon qildi.
Senegallik 23 yoshli yarimhimoyachi Turin klubida ijara asosida toʻp tepadi. Sotib olish huquqi ham bor.
Agar “Yuve” Chempionlar ligasi yoki Yevropa ligasiga yoʻl olsa va Sarr mavsum davomida oʻyinlarning kamida 50 foizida maydonga tushgan taqdirda, sotib olish bandi majburiy boʻladi.
Sarrning ijarasi “Yuventus”ga 2,5 million yevroga tushadi. Agar futbolchi sotib olinsa, turinliklar “taqachilar”ga 27,5 million yevroni uch yil davomida toʻlab berishadi.
Sarr oʻtgan mavsumda APLda 26 ta oʻyinda 2 ta gol urgan.
“Yuventus” “Tottenhem”dan Sarrni oʻz safiga qoʻshib oldi
Futbol
1 sentabr, 15:42
Senegallik yarimhimoyachi ijara asosida Turin klubiga oʻtdi. Sotib olish huquqi ham bor.
Foto: Juventus FC