Live
1
O'zbek

“Tottenhem” Murni Bundesliga klubiga ijaraga berdi

Futbol
1 sentabr, 10:35
19 yoshli vinger avvalgi mavsumni Shotlandiyada oʻtkazgandi.
“Tottenhem” Murni Bundesliga klubiga ijaraga berdi
Foto: FC Koln

“Tottenhem” vinger Mayki Murning “Kyoln”ga ijaraga berilganini tasdiqladi.

Insayder Fabritsio Romano maʼlum qilishicha, Germaniya klubida 19 yoshli angliyalik futbolchini sotib olish huquqi boʻlmaydi.

“Mayki Mur Bundesliga klubi «Kyoln”ga 2026/27 yilgi mavsum oxiriga qadar ijara asosida oʻtdi.

Omad, Mayki! 🤍»
— deyiladi London klubi xabarida.

Mur oʻtgan mavsumni “Reynjers”da ijarada oʻtkazib, Shotlandiya chempionatida 33 ta oʻyinda 7 ta gol urgan va yana 3 ta golga assistentlik qilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Kyoln Kyoln
  • Tottenhem Tottenhem
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar