Londonning «Tottenhem» klubi himoyachisi Mikki van de Ven jamoa afsonalaridan biri hisoblangan hujumchi Harri Keyn bilan yelkama-yelka o‘ynashni istashi haqida gapirib o‘tdi.
Niderlandiyalik va angliyalik bir necha kun Londonda rasman jamoadosh hisoblangan bo‘lsa-da, birga to‘p tepmagan: himoyachi-2023-yil avgustida «Volfsburg»dan xarid qilingan bo‘lsa, forvard bir necha kun o‘tib, rasman «Bavariya» safiga ko‘chib o‘tgan.
«Men Keynni qaytargan bo‘lar edim. U har mavsumda 30 ta golni kafolatlay oladigan hujumchi. «Tottenhem»ning barcha davrlardagi eng yaxshi futbolchisi», – dedi jamoaning hozirgi sardori ESPNga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Harri Keyn «Bavariya» safida 156 ta o‘yinda 154 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Ma’lumot uchun, 33 yoshli forvard yaqin orada myunxenliklar bilan shartnomasini-2029-yilgacha uzaytirishi kutilmoqda.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi