Parijning «PSJ» klubi Liga 1ning 3-turida «Monako»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Shu tariqa, parijliklar uch turdan so‘ng atigi 2 ochko jamg‘ardi — ikki durang va bir mag‘lubiyat. «PSJ» tarixida Qatar shayxlari sarmoyasi davrida, ya’ni 2011 yildan buyon bunday kamtarona start hali kuzatilmagandi.
Poytaxt klubi so‘nggi marta bundan ham yomonroq mavsum boshlanishini 2007 yilda qayd etgan. O‘shanda ham «PSJ» uch turdan so‘ng 2 ochkoga ega bo‘lgan.
O‘sha mavsum parijliklar Fransiya chempionatining yakuniy turnir jadvalida 16-o‘rinni egallab, 38 ta uchrashuvda jami 43 ochko to‘plagan.