Argentinada Lionel Messi milliy jamoadagi faoliyatini davom ettirish haqidagi qarorini o‘zgartirishidan ko‘ra, hech bo‘lmasa muxlislar bilan maydonda xayrlashishiga umid qilishmoqda. Bu haqda TyC Sports nashri xabar berdi.
7 sentyabr kuni Argentina futbol federatsiyasi milliy jamoaning navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvlari taqvimini e’lon qiladi. Hozircha raqiblar nomi ma’lum emas. Faqat ikkita o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazilishi aniq.
Messidan esa ularning kamida bittasida maydonga tushib, jamoa va muxlislar bilan ijtimoiy tarmoqlar orqali emas, balki stadionda xayrlashishini kutishmoqda.
Avvalroq Messi Argentina milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlagani ma’lum qilingandi.
Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring
Muhokamaga o‘tishIzohlar Telegram’da ochiladi