Live
3
O'zbek

Fabian Ruis: «Menga faqat «Oltin to‘p» yetishmayapti»

Futbol
6 sentabr, 07:25
«PSJ» yarimhimoyachisi «Oltin to‘p»ga munosib ekanini ta’kidladi.
Fabian Ruis: «Menga faqat «Oltin to‘p» yetishmayapti»
Foto: Getty Images

Ispaniya milliy jamoasi va «PSJ» yarimhimoyachisi Fabian Ruis mavsumning eng yaxshi futbolchisiga beriladigan «Oltin to‘p» mukofotiga munosib ekanini ta’kidladi.

«Jamoaviy darajada barcha sovrinlarni qo‘lga kiritdim! Bajargan barcha mehnatimdan so‘ng menga faqat individual sovrin — «Oltin to‘p» yetishmayapti. Bu menga munosib bo‘lgan e’tirofni bergan bo‘lardi», — dedi Ruis Telefoot nashriga bergan intervyusida.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsum 30 yoshli futbolchi «PSJ» tarkibida Chempionlar Ligasida g‘olib chiqdi va Fransiya chempioni bo‘ldi. Ispaniya milliy jamoasi bilan esa 2026 yilgi jahon chempionatida zafar quchdi.

Ruis o‘tgan mavsum «PSJ» safida barcha turnirlarda 34 ta uchrashuv o‘tkazib, 2 ta gol urdi va 5 ta assist amalga oshirdi. Jahon chempionatida esa 8 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 marta raqib darvozasini ishg‘ol qildi.

Avvalroq Keyn «Oltin to‘p» haqida futbol nuqtayi nazaridan qo‘lidan kelgan barcha ishni qilganini aytib o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Ispaniya Ispaniya
Bugungi yangiliklar