Live
1
O'zbek

Keyn «Oltin toʻp» haqida: «Futbol nuqtai nazaridan qoʻlimdan kelgan barcha ishni qildim»

Futbol
18 avgust, 01:30
«Bavariya» hujumchisi «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritish imkoniyatlariga baho berdi.
Keyn «Oltin toʻp» haqida: «Futbol nuqtai nazaridan qoʻlimdan kelgan barcha ishni qildim»
Foto: Getty Images

«Bavariya» hujumchisi Harri Keyn «Oltin toʻp»ni qoʻlga kiritish imkoniyatlariga baho berdi.

«Oʻtkazgan mavsumimdan juda faxrlanaman. «Oltin toʻp» — futbolchi qoʻlga kiritishi mumkin boʻlgan eng katta individual sovrin.

U mening qoʻlimda emas. Futbol nuqtai nazaridan qoʻlimdan kelgan barcha ishni qildim. Agar bu roʻy bersa, juda yaxshi boʻlardi. Lekin qaror qabul qilinishiga hali 2–3 oy bor.

«Bavariya», shuningdek, Angliya milliy jamoasi bilan erishgan natijalarimdan faxrlanaman. Hozir men uchun asosiysi — yangi mavsumga eʼtibor qaratish. Bizning katta maqsadlarimiz bor», — dedi 33 yoshli hujumchi.

Qayd etish lozim, Harri soʻnggi bir yil davomida Angliya milliy jamoasi va «Bavariya» safida 67 ta oʻyinda 73 ta gol urdi. «Oltin toʻp»ning 70-marotaba topshirish marosimi esa 2026 yil 26 oktyabr kuni Londonda boʻlib oʻtadi.

Avvalroq «Bavariya» Keyn bilan yangi shartnoma imzolashi maʼlum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

20+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar