Live
1
O'zbek

Noyer: "Bu mavsumda eng yuqori maqsadlarimiz uchun kurashaman, undan keyin nima bo'lishini ko'ramiz"

Futbol
18 avgust, 00:10
"Bavariya" darvozaboni kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
Noyer: "Bu mavsumda eng yuqori maqsadlarimiz uchun kurashaman, undan keyin nima bo'lishini ko'ramiz"
Foto: Getty Images

"Bavariya" darvozaboni Manuel Noyer "Leyptsig"ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi (3:1)dan so'ng kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.

"Avvalo, his-tuyg'ularim yaxshi ekanini aytishim kerak. Qaysi raqibga qarshi o'ynashimizdan qat'i nazar, har bir o'rtoqlik uchrashuviga jiddiy munosabatda bo'lish kerak.

Biz Osiyoda ham "Aston Villa"ga qarshi o'ynadik va hozirgidek ishonchli futbol namoyish etdik. Albatta, ko'plab almashtirishlar bo'ldi, murabbiy futbolchilarga o'yin amaliyoti berish va yuklamani biroz taqsimlashga harakat qildi. Biz g'alabaga loyiq edik va yaxshi o'yin ko'rsatdik.

Kelasi yozda faoliyatimni yakunlashim haqida? Hamma narsa o'z yo'lida ketishiga imkon beraman.

Bu mavsumda eng yuqori maqsadlarimiz uchun kurashaman, undan keyin nima bo'lishini ko'ramiz", — dedi Noyer.

Avvalroq Noyer faoliyatini qachon yakunlashi ma'lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar