«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio «Arsenal» yarimhimoyachisi Martin Subimendining transferi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini ma’lum qildi. Bu haqda TEAMtalk xabar bermoqda.
Murabbiy futbolchining nomzodini ma’qulladi. Yaqin kunlarda Madridliklar yarimhimoyachi bo‘yicha muzokaralarni boshlashi kutilmoqda.
Qayd etilishicha, Martin Subimendining o‘zi «Real»ga o‘tishga tayyor. Londonning «Arsenal» klubi ham futbolchini maqbul narxda taklif tushsa, qo‘yib yuborishga qarshilik qilmaydi.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Martin Subimendi APL doirasida 38 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma yetkazib berdi.