«Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi va jamoa sardori Brunu Fernandesh bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda The Athletic nashri xabar bermoqda.
Avvalroq futbolchiga «Galatasaroy» qiziqish bildirgan, biroq manchesterliklar portugaliyalikni sotish niyatida emasliklarini qat’iy ta’kidlagan edi. Yarimhimoyachining o‘zi ham hozirgi jamoasida qolish istagini bildirgan.
Shuningdek, Fernandeshni xorijiy klublar uchun 57 million funt sterling evaziga sotib olish imkonini beruvchi band o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ma’lumot uchun, yarimhimoyachi 2020-yil yanvar oyidan beri manchesterliklar safida to‘p tepib keladi. O‘tgan mavsumda Fernandesh barcha musobaqalarni inobatga olganda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali futbolchining aktual transfer narxini 35 million yevroga baholamoqda.