«Chelsi» hujumchisi Liam Delap Italiya A Seriyasi vakili «Komo»ning qiziqishiga qaramay, Angliya Premyer-ligasida qolishni istamoqda. Bu haqda jurnalist va insayder Aleks Kruk X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, London klubi Delap uchun kamida 47 million yevro taklif tushgan taqdirda futbolchini sotishga tayyor.
Delap o‘tgan yil yozida «Ipsvich»dan «Chelsi»ga ko‘chib o‘tgandi. U o‘tgan APL mavsumida 28 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Ma’lumot uchun, Transfermarkt Liam Delapning bozor qiymatini 28 million yevroga baholamoqda.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi «Chelsi»ga 2025 yil yozida «Ipsvich»dan transfer qilingan.