Bugun
14
O'zbek

Mudrikning ehtimoliy yangi klubi ma’lum bo‘ldi

Futbol
18 avgust, 05:55
Ukrainalik vinger faoliyatini Angliyada ijara asosida davom ettirishi mumkin.
Mudrikning ehtimoliy yangi klubi ma’lum bo‘ldi
Foto: Getty Images

«Chelsi» vingeri Mixail Mudrik faoliyatini Angliyada ijara asosida davom ettirishi mumkin. TEAMtalk xabariga ko‘ra, «Koventri Siti» 25 yoshli futbolchi uchun kurashda raqiblaridan ancha oldinda bormoqda.

London klubi Mudrik bilan doimiy ravishda xayrlashishni rejalashtirmayapti. «Chelsi» futbolchiga uzoq tanaffusdan so‘ng muntazam o‘yin amaliyoti zarur, deb hisoblamoqda. Shu sababli klub faqat uni ijaraga berish variantini ko‘rib chiqishga tayyor.

«Koventri»ni avval «Chelsi»da ishlagan Frenk Lempard boshqarmoqda. U Mudrik bilan London klubidagi faoliyati davomida yaxshi tanish bo‘lgan. «Chelsi» rahbariyati ham «Koventri»ning o‘yin uslubi ukrainalik futbolchiga mos kelishi va unga uzoq tanaffusdan so‘ng optimal sport formasini tiklashga yordam berishi mumkin, deb hisoblamoqda.

Ma’lumot uchun, Mudrik 2024 yil noyabridan buyon rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagan.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyi oxirida futbolchiga mashg‘ulotlar va o‘yinlarda qatnashishga ruxsat berilgandi. Shundan so‘ng u «Chelsi»ning mavsumoldi turnesi doirasida uchta bahsda ishtirok etdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Koventri Siti Koventri Siti
Bugungi yangiliklar