Bugun
14
O'zbek

Kubarsi Golden Boy-2026 reytingida peshqadam bo‘lib turibdi

Futbol
18 avgust, 05:56
Yangilangan reytingda Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» klubi himoyachisining imkoniyatlari yuqoriroq baholanmoqda.
Kubarsi Golden Boy-2026 reytingida peshqadam bo‘lib turibdi
Foto: Gettyimages

Ispaniya milliy jamoasi va «Barselona» klubi himoyachisi Pau Kubarsi Golden Boy-2026 yangilangan reytingida yetakchi bo‘lib oldi.

Bu haqda X tarmog‘idagi rasmiy sahifasi orqali ma’lumot berildi.

Reytingning TOP-10 quyidagicha ko‘rinish olgan:

1. Pau Kubarsi («Barselona»).
2. Lamin Yamal («Barselona»).
3. Yan Diomande («Real»).
4. Uorren Zair-Emeri («Pari Sen-Jermen»).
5. Ayyub Buaddi («Lill»).
6. Viktor Froxoldt («Portu»).
7. Rayan («Bornmut»).
8. Endrik («Real»).
9. Eli Krupi («Bornmut»).
10. Estevao Villian («Chelsi»).

Golden Boy Golden Boy Yevropa ligalarining eng yuqori divizionlaridan birida o‘ynaydigan 21 yoshgacha bo‘lgan yilning eng yaxshi futbolchisiga beriladi. Ushbu sovrinni faqat bir marta qo‘lga kiritish mumkin, shu sababli Lamin Yamal yana mukofot sohibi bo‘la olmaydi, chunki u bunga 2024 yil muvaffaq bo‘lgan.

Bugungi yangiliklar