«Chelsi» sardori va himoyachisi Ris Jeyms yangi mavsum oldidan o‘z fikrlarini bildirdi. Avvalroq «Chelsi» o‘rtoqlik bahsida «Real Sosyedad»ni 3:1 hisobida mag‘lub etgandi.
«Jamoa yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Maydonga qaytganimdan xursandman, chunki mavsum bir haftadan keyin boshlanadi. Tanaffus ancha qisqa bo‘ldi, shu sababli kechagi bahsda o‘zimni yaxshi his qildim.
Sharoitlar qiyin edi, havo juda issiq bo‘ldi, ammo hozir o‘zimni juda yaxshi his qilyapman. Hali biroz ritmga kirib olishim kerak, biroq kechagi kun oldinga tashlangan yaxshi qadam bo‘ldi. Tanaffus qisqa, ehtimol, barchamiz xohlaganimizdan ham qisqaroq bo‘ldi, ammo qaytganimdan xursandman», — dedi Jeyms London klubi rasmiy saytiga.
Ma’lumot uchun, «Chelsi» «Real Sosyedad»ga qarshi o‘rtoqlik bahsida 3:1 hisobida g‘alaba qozondi. Londonliklar safida Morgan Rodjers va Pedro gollarga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, Ris Jeyms «Chelsi» akademiyasi tarbiyalanuvchisi bo‘lib, 2025 yildan buyon jamoa sardori hisoblanadi.