«Chelsi»ning ukrainalik vingeri Mixail Mudrik ijaraga asosida boshqa klubga o'tishga tayyor. Bu haqda ukrainalik jurnalist Igor Burbas YouTube’dagi podkastida xabar berdi.
Futbolchi uzoq tanaffusdan so'ng yuqori darajaga qaytishni maqsad qilgan va muntazam o'yin amaliyotini muhim deb bilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, 2026 yil 30 iyul kuni Angliya Futbol assotsiatsiyasi va Mudrik Jahon antidoping agentligi bilan kelishgan holda intizomiy ish bo'yicha kelishuvga erishgan.
Ukrainalik futbolchi antidoping qoidalarini buzganini tan olgan, uning chetlatilish muddati esa o'tab bo'lingan deb hisoblangan.