Live
1
O'zbek

Gvardiola «Manchester Siti» futbolchilariga ajrashgani haqida gapirib bergan

Futbol
18 avgust, 07:29
Ispaniyalik mutaxassis «shaharliklar» jamoasini 2016 yildan 2025 yilgacha boshqargan.
Gvardiola «Manchester Siti» futbolchilariga ajrashgani haqida gapirib bergan
Foto: Getty Images

Pep Gvardiola 2024 yil dekabrida «Yuventus»ga qarshi Chempionlar ligasi bahsidan keyin «Manchester Siti» futbolchilariga shaxsiy hayotidagi o‘zgarish haqida gapirib bergan.

Ushbu holat Prime Video platformasida namoyish etilgan «A Beautiful Obsession» hujjatli filmida aks etgan. «Manchester Siti» o‘sha uchrashuvda «Yuventus»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Gvardiola kiyinish xonasida futbolchilarga murojaat qilib, rafiqasi bilan ajrashayotganini aytgan.

«Yigitlar, sizlarga bir narsani tan olmoqchiman. Men sayyoradagi eng go‘zal ayol bilan ajrashyapman. Bu mening rafiqam, sobiq rafiqam. Men uni juda qattiq sevaman, u ham meni sevadi. Ammo oramizdagi ehtiros so‘ndi. Buning ko‘plab sabablari bor.

Futbolni qanday o‘ynaysiz? Shunchaki o‘ynayotganingiz uchunmi yoki ichingizda nimadir bormi? Ehtiros nima? Hayotda nima bilan shug‘ullanishingizdan qat’i nazar, buni ehtiros bilan bajaring. Menga yaxshi futbolchilar emas, ehtiros bilan o‘ynaydigan futbolchilar kerak», — degan Gvardiola.

Ma’lumot uchun, Gvardiola «Manchester Siti»ni 2016 yildan 2025 yilgacha boshqargan va klub bilan ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritgan.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» 2024 yil dekabrida Chempionlar ligasi guruh bosqichida «Yuventus»ga 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Bugungi yangiliklar