Bugun
58
O'zbek

Mane va Kinones «Oltin to‘p» uchun top-30 nomzodlar ro‘yxatidan joy oladi — manba

Futbol
8 sentabr, 00:15
Shuningdek, yakuniy ro‘yxatdan «PSJ»ning 10 nafar futbolchisi o‘rin olishi aytilmoqda.
Mane va Kinones «Oltin to‘p» uchun top-30 nomzodlar ro‘yxatidan joy oladi — manba
Foto: Getty Images

«An-Nasr»ning senegallik hujumchisi Sadio Mane va «Al-Qodisiya» hamda Meksika milliy jamoasi hujumchisi Xulian Kinones 2026 yilgi «Oltin to‘p» mukofoti uchun top-30 nomzodlar ro‘yxatidan joy oladi. Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, har ikki futbolchining Saudiya Pro-ligasi va 2026 yilgi jahon chempionatidagi o‘yinlari nashr tomonidan yuqori baholangan. Shuningdek, yakuniy ro‘yxatdan «PSJ»ning 10 nafar futbolchisi o‘rin olishi aytilmoqda.

Bir klubdan bu qadar ko‘p nomzod hech qachon «Oltin to‘p» uchun kurashmagan. Eslatib o‘tamiz, Parij grandi 2025/2026 yilgi mavsumda Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘lgan.

Avvalroq Fabian Ruiz unga faqat «Oltin to‘p» yetishmayotgani haqida gapirib o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
  • Al Qodasiya Al Qodasiya
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar