“Al Qodisiya” “Manchester Siti” hujumchisi Mahamadu Sangarening transferini eʼlon qildi.
Transfer qiymati oshkor etilmadi. GiveMeSport maʼlumotiga koʻra, “shaharliklar” Fransiya oʻsmirlar jamoasi aʼzosi boʻlgan 19 yoshli futbolchini taxminan 1 million dollarga sotgan.
Sangare “Al Qodisiya” bilan 2029 yil iyuniga qadar shartnoma imzoladi.
“PSJ”ning sobiq hujumchisi oʻtgan yil yozida “Manchester Siti”ga erkin agent sifatida koʻchib oʻtgandi, ammo ingliz klubining asosiy jamoasi safida biror marta ham maydonga tushmadi.
“Siti” Sangareni “Al Qodisiya”ga sotdi
Futbol
7 sentabr, 09:15
19 yoshli hujumchi faoliyatini Saudiyada davom ettiradi.
Foto: Al Qadsiah