«Bunyodkor» stadionida el ta’minoti qarzdorlik tufayli 4-sentyabr sanasidan e’tiboran to‘liq uzib qo‘yilgani oqibatida, Liga ofisi vaqtincha masofadan ishlash rejimiga o‘tganini ma’lum qilamiz.
Mazkur holat Superliga va Proliga uchrashuvlarining translyatsiya jarayoni hamda internet translyatsiyalarini taqdim etishda sifatning pasayishiga olib kelmoqda. Ma’lumki, rasmiy uchrashuvlar davomida Liga translyatsiya signallarini o‘zida qabul qilib, markazlashtirilgan tartibda ularni turli platformalar orqali qayta uzatish ishlarini amalga oshiradi. Biroq stadiondagi elektr energiyasi bilan yuzaga kelgan muammo sababli Liga serverlari to‘liq nofaol holatga keldi. Shundan kelib chiqib, Liga uchrashuvlardan signallarni qayta uzatishda tashqi serverlardan foydalanmoqda.
Liga bilan bog‘liq yumushi bo‘lgan tashkilotlar va jismoniy shaxslardan murojaatlarni info@pfl.uz elektron pochtasi orqali yuborishlari so‘raladi», - deyiladi PFL xabarida.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi