Bugun
22
O'zbek

Eshli Yang: «Edegorning o‘yinini kuzatish juda maroqli»

Futbol
7 sentabr, 03:00
    4
Sobiq futbolchi «Arsenal» futbolchilarining maydonda bir-birini so‘zsiz tushunib harakat qilishidan hayratda.
Eshli Yang: «Edegorning o‘yinini kuzatish juda maroqli»
Foto: Gettyimages
06.09.2026 FT Angliya Premer-ligasi Arsenal Arsenal 2 : 1 Chelsi Chelsi

Angliya milliy jamoasi va bir qator APL klublarining sobiq futbolchisi Eshli Yang Londonning «Arsenal» va «Chelsi» jamoalari o‘rtasidagi bahsdan katta zavq oldi. Ayniqsa, unga norvegiyalik Martin Edegorning harakatlari ma’qul keldi.

«Martin Edegordek futbolchining o‘yinini tomosha qilish juda maroqli. U to‘pni qabul qilganda juda yorqin harakat qiladi va sheriklariga ham o‘yinga qo‘shilishlariga yordam beradi; u, Saka va Havers o‘rtasidagi o‘ng qanotdagi o‘zaro bir-biri tushunib o‘ynash esa shunchaki ajoyib: bir-birini so‘zsiz tushunadigan va butkul boshqa darajadagi bunday aloqani o‘rnata olgan o‘yinchilarni ko‘rish yoqimli» - deya Yangning so‘zlaridan iqtibos keltirdi BBC Sport.

Eslatib o‘tamiz, Edegor 2021-yildan buyon «Arsenal» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar