Madridning «Real» klubi Chempionlar Ligasi doirasida Milanning «Inter» jamoasini mehmon qiladi.
O‘yin seshanba kuni umumiy bosqich doirasida bo‘lib o‘tadi va Toshkent vaqti bilan 23:59da start oladi. Jurnalist Alberto Pereyroning xabar berishicha, «qaymoqranglilar» bosh murabbiyi Joze Mourinio angliyalik himoyachi Trent Aleksander-Arnoldni asosiy tarkibga kiritish borasida jiddiy tarzda o‘ylamoqda. Qizig‘i, futbolchi yarimhimoya chizig‘iga Federiko Valverdening yoniga tashlanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, Madrid grandi La Liga doirasida «Betis»ga imkoniyatni boy berib qo‘ydi (0:1) va mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
Eslatib o‘tamiz, Joze Mourinio «Real»ga shu yilning iyun oyida qaytdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi