Teleboshlovchi va «Arsenal» klubi muxlisi hisoblangan Pirs Morgan Chempionlar Ligasi umumiy bosqichi qur’asini «to‘potarlar» uchun oson deb hisoblamoqda.
«Chempionlar Ligasining qur’asi juda oson bo‘ldi (oson raqiblar tushdi — tahrir.)», – deb yozdi Morgan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Umumiy bosqichda London klubi «Real» (uyda), «Bavariya» (safarda), «Borussiya Dortmund» (uyda), «Betis» (safarda), «Lill» (uyda), «Napoli» (safarda), «Sabah» (uyda) va Praganing «Slaviya» (safarda) klublari bilan bahs olib boradigan bo‘ldi.
Ushbu mavsumdan boshlab, klubning o‘z maydonida ketma-ket uch mavsum bir xil raqib bilan o‘ynashini istisno etuvchi qoida kuchga kirdi - shu tariqa, «Arsenal» «San-Siro»da «Inter»ga ro‘baro‘ kelishdan qutulib qoldi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsum musobaqa finalida londonliklarni mag‘lub etgan «PSJ» (1:1 (4:3 penaltilar seriyasida) g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.