«Arsenal» 17 yoshli gruziyalik yarimhimoyachi Andria Bartishvili transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Bu haqda insayder Fabritsio Romano xabar berdi.
Tomonlar transfer bo‘yicha kelishuvga erishgan. Bitim qiymati 4,5 mln yevroni tashkil etadi.
Bartishvili kelasi hafta Londonda tibbiy ko‘rikdan o‘tadi va «Arsenal» bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi. Futbolchi 18 yoshga to‘ladigan 2027 yildan boshlab London klubi safida faoliyat yuritadi.