Angliya Premyer-ligasining 2-turida «Liverpul» o‘z maydonida «Nottinghem Forest»ni qabul qildi. «Enfild»dagi bahs 2:2 hisobidagi durang bilan yakunlandi.
«Nottinghem Forest» safida Ndoye 24-daqiqada hisobni ochdi. 60-daqiqada Isak «Liverpul»ning javob golini urdi. 70-daqiqada Gibbs-Uayt penaltini aniq amalga oshirib, mehmonlarni yana oldinga olib chiqdi. 82-daqiqada Munios «Liverpul»ga durangni taqdim etdi.
Shu tariqa, «Liverpul» APLning dastlabki ikki turida ketma-ket ikkinchi durangini qayd etdi va hali g‘alaba qozona olmadi.
APL. 2-tur
Liverpul - Nottinghem Forest 2:2
Gollar: Ndoye 24, Isak 60, Gibbs-Uayt 70 (pen.), Munios 82
Liverpul: Alisson, Frimpon, Jeke, van Deyk, Kerkez, Soboslai, Mak Allister, Munios, Virts, Gakpo, Isak.
Nottinghem Forest: Sels, Kunya, Milenkovich, Murillo, Ayna, Makeyti, Shlager, Neko Uilyams, Ndoye, Gibbs-Uayt, Igor Jezus.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi