Belgiya milliy jamoasi va «Napoli» klubi yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne Chempionlar Ligasi umumiy bosqichida sobiq jamoasi «Manchester Siti»ga qarshi bo‘ladigan o‘yin haqida gapirdi.
«Manchester Siti»ga qarshi o‘ynashni yoqtirmayman. U doimo mening jamoam bo‘lib qolaveradi va bu normal holat — men u yerda 10 yil to‘p tepdim. Bosib o‘tilgan yo‘l, progress va g‘alabalar hech qachon o‘chib ketmaydi. Ularga qarshi maydonga tushish — bu menga butkul yoqmaydigan holat», — deya de Bryuyne so‘zlaridan iqtibos keltirdi Corriere dello Sport.
Ma’lumot uchun, de Bryuyne Angliya klubi safida 2015 — 2025 yillar mobaynida harakat qilgan. Jamoa safida 422 o‘yinda maydonga tushib, 108 ta gol urdi va 177 ta golli uzatma yetkazib berdi.