Live
15
O'zbek

«Levante» «Latsio»ning serbiyalik futbolchisini transfer qilmoqchi

Futbol
29 avgust, 11:25
Ispaniya klubi Petar Ratkovni ijara asosida tarkibiga qo‘shib olish variantini ko‘rib chiqmoqda.
«Levante» «Latsio»ning serbiyalik futbolchisini transfer qilmoqchi
Foto: Getty Images

Serbiyalik hujumchi Petar Ratkov tez orada «Latsio»ni tark etishi mumkin. Unga Ispaniyaning «Levante» klubi qiziqish bildirmoqda. Avvalroq «Sevilya» ham futbolchi transferiga qiziqqan, biroq keyinchalik bu rejadan voz kechgan.

Taxminlarga ko‘ra, «Levante» Ratkovni ijara asosida olib, keyinchalik uni sotib olish huquqini qo‘lga kiritmoqchi. Bitimning boshqa tafsilotlari hozircha ma’lum emas.

Ratkov «Latsio» safida o‘tkazgan olti oy davomida jamoaga moslasha olmadi. Shu sababli Rim klubi futbolchi bilan xayrlashishga qarshi emas.

Ma’lumot uchun, «Latsio» A Seriyaning 1-turida «Bolonya»ni mag‘lub etgan. Rim klubi navbatdagi bahsini «Jenoa»ga qarshi o‘tkazadi.

Bugungi yangiliklar