Live
15
O'zbek

Jerrard «Liverpul» kuchaytirishi kerak bo‘lgan pozitsiyani aytdi

Futbol
29 avgust, 11:35
«Qizillar» sobiq futbolchisi jamoaga tayanch yarimhimoyachi kerakligini ta’kidladi.
Jerrard «Liverpul» kuchaytirishi kerak bo‘lgan pozitsiyani aytdi
Foto: Getty Images

«Liverpul» klubi va Angliya milliy jamoasining sobiq futbolchisi Stiven Jerrard klubga ushbu transfer oynasida yangi tayanch yarimhimoyachi olishni tavsiya qildi.

«So‘nggi paytlarda, ayniqsa, «Nyukasl» bilan o‘yindan keyingi haftada e’tibor kam qaratilgan bir pozitsiya bor. Menimcha, ularga «oltilik» pozitsiyasida ixtisoslashgan futbolchi kerak.

Balki murabbiyning jamoa qanday ko‘rinishda bo‘lishi va uning falsafasi borasida boshqa qarashlari bordir. Ammo men tarkibda Fabinio ketganidan beri jamoaning asosiy tayanch qismining muhim bo‘lagi bo‘ladigan, markazni nazorat qiladigan va raqib hujumlarini buzadigan futbolchi yetishmayapti, deb o‘ylayman.

Menimcha, bunday futbolchi jamoaga juda yetishmayapti va hozir ularda bu pozitsiyaning mutaxassisi yo‘q. Bu Dominik Soboslai, Rayan Gravenberx va Aleksis Mak Allister kabi futbolchilarga hujumlarga qo‘shilish va himoyani mustahkamlash imkonini beradi. Menimcha, ularga aynan shunday futbolchi juda kerak», — dedi Jerrard TNT Sports nashriga.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar