Live
28
O'zbek

«Real» 19 yoshli Serxio Martines transferini kelishib oldi

Futbol
29 avgust, 09:46
Madrid klubi yosh futbolchi uchun 3 mln yevro to‘laydi.
«Real» 19 yoshli Serxio Martines transferini kelishib oldi
Foto: Getty Images

«Real» «Rasing Santander»ning 19 yoshli futbolchisi Serxio Martines transferi bo‘yicha kelishuvga erishdi. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, bitim qiymati 3 mln yevroni tashkil etadi.

Martines darhol «Real» safiga qo‘shiladi va «Rasing Santander»da ijara asosida qolmaydi. Futbolchi Madrid klubi bilan 2030 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma imzolaydi.

Serxio Martinesga Angliya, Germaniya va Saudiya Arabistoni klublaridan ham takliflar bo‘lgan, biroq u «Real»ga o‘tishni tanlagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Racing Santander Racing Santander
Bugungi yangiliklar