Live
9
O'zbek

Arbeloa: «Real»dagi davrim yaxshiroq o‘tishini istardim»

Futbol
29 avgust, 07:59
«Qaymoqranglilar» sobiq ustozi Madriddagi ish davrini yodga oldi.
Arbeloa: «Real»dagi davrim yaxshiroq o‘tishini istardim»
Foto: Gettyimages

Madridning «Real» klubi sobiq bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa «qaymoqranglilar» ustozi sifatida ishlagan davri haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Ispaniyalik 2026 yilning yanvar oyidan to iyun oyigacha jamoani boshqarib bordi. Uning qo‘l ostida «Real» La Ligada ikkinchi o‘rinni egalladi va Chempionlar Ligasida 1/4 finalga yetib bordi.

«Real»ni boshqarish juda foydali bo‘ldi, bu ajoiyib imkoniyat. Albatta, barchasi yaxshiroq bo‘lishini istardim, ammo klubdagi davrim qanday o‘tgan bo‘lsa, shunday bo‘ldi. Men «Real»dan doimo minnatdorman. Men haqiqiy madridistman va shunday bo‘lib qoladi. Utsiga-ustak hozirda jamoani mening do‘stim boshqarmoqda. «Real» — hayotimdagi eng muhim klub. Men uning barcha o‘yinlarini kuzatib boraman. Bu yerda bo‘lishimga ham «Real» sababchi», — deya Arbeloa so‘zlaridan iqtibos keltiradi DAZN.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar