Live
11
O'zbek

Sinner - Forbes ma’lumotlariga ko‘ra yilning eng ko‘p maosh oladigan tennischisi

Tennis
29 avgust, 07:00
«Katta dubulg‘a» musobaqalarining 5 karra chempioni, dunyoning 1-raketkasi Forbes reytingida yetakchilik qilmoqda.
Sinner - Forbes ma’lumotlariga ko‘ra yilning eng ko‘p maosh oladigan tennischisi
Foto: Gettyimages

«Katta dubulg‘a» turkumidagi turnirlarning besh karra chempioni, dunyoning birinchi raketkasi, italiyalik tennischi Yannik Sinner Forbes jurnalining yilning eng yuqori haq oluvchi tennischilari ro‘yxatida peshqadamlik qilmoqda. Jurnal hisob-kitoblariga ko‘ra, u qariyb 58 million dollar ishlab topgan, shundan 23 million dollari sovrin jamg‘armasiga to‘g‘ri keladi.

Ro‘yxatning kuchli uchligidan, shuningdek, 53,7 million dollar (15,7 million dollari sovrin) bilan ispaniyalik Karlos Alkaras va 40,1 million dollar (0,1 million dollari sovrin) bilan amerikalik Serena Uilyams ham o‘rin olgan.

Ta’kidlash joizki, rossiyalik tennischilar bu ko‘rsatkich bo‘yicha TOP-10ga ham kira olmagan.

Forbes jurnali talqiniga ko‘ra, 2026-yilning eng ko‘p haq oluvchi 10 nafar tennischisi:

1. Yannik Sinner (Italiya) – 58 mln dollar (23 mln dollari kortdagi sovrin);
2. Karlos Alkaras (Ispaniya) – 53,7 mln dollar (15,7 mln dollar);
3. Serena Uilyams (AQSH) – 40,1 mln dollar (0,1 mln dollar);
4. Arina Sobolenko (Belarus) – 36,1 mln dollar (13,1 mln dollar);
5. Kori Gauff (AQSH) – 35,5 mln dollar (7,5 mln dollar);
6. Novak Jokovich (Serbiya) – 30,2 mln dollar (5,2 mln dollar);
7. Chjen Sinven (Xitoy) – 22,6 mln dollar (0,6 mln dollar);
8. Iga Shvyontek (Polsha) – 20,5 mln dollar (5,5 mln dollar);
9. Aleksandr Zverev (Germaniya) – $ 18,7 mln (13,7 mln dollar);
10. Yelena Ribakina (Qozog‘iston) – $ 17,4 mln (11,4 mln dollar).

Bugungi yangiliklar