Live
10
O'zbek

Emeri Uotkins bilan xayrlashgani haqida: «Uni quchoqlab, ko‘zimga yosh keldi»

Futbol
29 avgust, 07:26
«Aston Villa» bosh murabbiyi jamoani tark etgan hujumchi bilan xayrlashuv jarayoni haqida gapirdi.
Emeri Uotkins bilan xayrlashgani haqida: «Uni quchoqlab, ko‘zimga yosh keldi»
Foto: Getty Images

«Aston Villa» bosh murabbiyi Unai Emeri Saudiya Arabistoniga yo‘l olgan Olli Uotkins bilan xayrlashgani haqida fikr bildirdi.

«U bilan quchoqlashib xayrlashdim va biroz ko‘zimga yosh keldi. Unga Saudiya Arabistonidagi faoliyatida eng yaxshi tilaklarimni bildiraman. Shuningdek, uning o‘rnini egallaydigan Nikolas Jeksonga ham omad tilayman», — dedi Emeri.

Ma’lumot uchun, Uotkins 2020 yilda «Brentford»dan «Aston Villa»ga ko‘chib o‘tgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Aston Villa Aston Villa
  • Al-Hilal Al-Hilal
Bugungi yangiliklar