Live
11
O'zbek

Paredes: «Gavi bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani g‘alati. U ko‘ksimga zarba berdi»

Futbol
29 avgust, 07:14
Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi 10 ta o‘yinlik diskvalifikatsiyasiga munosabat bildirdi.
Paredes: «Gavi bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani g‘alati. U ko‘ksimga zarba berdi»
Foto: Gettyimages

Argentina milliy jamoasi yarimhimoyachisi Leandro Paredes Ispaniyaga (0:1) qarshi jahon chempionati-2026 finalida yuzaga kelgan janjalda ishtiroki tufayli 10 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilinganiga munosabat bildirib o‘tdi.

«Nazarimda, bu ortiqcha. Gavi bor yo‘g‘i 1 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingani, ochig‘i g‘alati, chunki u ko‘ksimga zarba bergandi», — deya Paredes so‘zlaridan iqtibos keltirdi TyC Sports.

Eslatib o‘tamiz, argentinalik yarimhimoyachi raqibi Erik Garsiyani bo‘g‘zidan oldi, bundan tashqari jamoadoshiga yordamga kelgan Gavini turtib yubordi. Keyin esa vaziyatga qolganlar aralashdi.

Bugungi yangiliklar