Qatarning «As Sadd» klubi hujumchisi va «Liverpul»ning sobiq futbolchisi Roberto Firmino faoliyatini yakunlagach, mersisaydliklar afsonalari ishtirokidagi uchrashuvda maydonga tushishni istashini aytdi.
«Bir kun kelib, albatta, «Enfild»ga qaytaman. Bu men uchun alohida joy. «Liverpul» afsonalari safida xayriya uchrashuvlaridan birida o‘ynab, qaytishni istardim. Agar meni chaqirishsa, albatta o‘ynayman.
«Liverpul»ni tark etganimga uch yil bo‘ldi, ammo hanuz jamoaning barcha o‘yinlarini tomosha qilishga harakat qilaman. Bu klub men va oilam uchun juda katta ahamiyatga ega. Muxlislar bizga doimo ajoyib munosabatda bo‘lishgan. Bizda juda ko‘p ajoyib xotiralar bor. Klub safida urgan gollarim, qo‘lga kiritgan sovrinlarim va shahar bo‘ylab o‘tkazilgan paradlar bizga juda ko‘p quvonch bergan. U yerda shuncha vaqt o‘ynash Xudoning bergan sovg‘asi. Erishgan yutuqlarimiz bilan faxrlanaman», — dedi Firmino The Athletic nashriga.
Firmino, shuningdek, faoliyatini imkon qadar uzoq davom ettirmoqchi ekanini ta’kidladi. U sog‘lom bo‘lib, jamoasiga foyda keltira olsa, hatto 40 yoshgacha o‘ynashga qarshi emasligini aytdi.