Live
9
O'zbek

Vozinya «Kolo-Kolo»dagi ilk o‘yinini darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi

Futbol
29 avgust, 08:37
Keng jamoatchilik e’tiboriga tushgan golkiper faoliyatining navbatdagi sahifasini muvaffaqiyatli boshladi.
Vozinya «Kolo-Kolo»dagi ilk o‘yinini darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi
Foto: Gettyimages

Keng jamoatchilik e’tiboriga tushgan golkiper Vozinya faoliyatining navbatdagi sahifasini Chilida boshladi. Bu yerda u mahalliy «Kolo-Kolo» klubi sharafini himoya qiladi.

Yangi jamoasi safidagi birinchi bahsida u darvozasi daxlsizligini saqlab qolishni uddaladi - qiziq tomoni shundaki, bu o‘yindagi raqib nomida ham Ispaniyani eslatib yuboradigan so‘z bor edi. «Kolo-Kolo» Chili Kubogida 3:0 hisobida «Union Espanyol» jamoasini taslim etdi.

Eslatib o‘tamiz, Vozinyaning jahon chempionatidagi sarguzashtlari ham aynan Ispaniyaga qarshi muvaffaqiyatli bahsdan boshlangan edi. O‘shanda Vozinya bo‘lajak chempionlar darvozasini ishg‘ol etishiga imkon bermagandi.

Bugungi yangiliklar