«Galatasaroy» Leau bo‘yicha muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi
Turkiya klubi portugaliyalik hujumchini tarkibiga qo‘shib olishga yaqin.
«Galatasaroy» «Milan» hujumchisi Rafael Leau bilan muzokaralar olib borilayotganini ma’lum qildi. Turkiya klubi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida portugaliyalik futbolchi jamoa sharfi bilan muxlislarga murojaat qilgan videoni ham e’lon qildi.
«Salom, «Galatasaroy»ning buyuk muxlislari», — dedi Leau.
Ma’lumot uchun, avvalroq OAV «Galatasaroy» 27 yoshli portugaliyalik futbolchi uchun «Milan»ga 44 mln yevro to‘lashi va uning kelajakdagi transferidan 20 foiz ulush berishi haqida xabar qilgandi.
O‘tgan mavsumda Leau barcha turnirlarda 31 ta bahsda ishtirok etib, 10 ta gol va 3 ta assist qayd etdi. Transfermarkt futbolchining qiymatini 50 mln yevroga baholagan.