«Aston Villa» vingeri Leon Beyliga bir vaqtning o‘zida uchta klub qiziqish bildirmoqda. Fabritsio Romanoning xabar berishicha, «Aв Diriya», «Hall Siti» va «Sevilya» 29 yoshli futbolchi bo‘yicha transfer shartlari yuzasidan ma’lumot so‘ragan. Tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar davom etmoqda.
Avvalroq «Hall Siti» Beylini transfer qilishga urinib ko‘rgan, biroq klublar kelishuvga erisha olmagandi. «Aston Villa» esa shartnomasi 2027 yil yozigacha amal qiladigan futbolchini sotishni ma’qul ko‘rmoqda.
Ma’lumot uchun, Beyli «Aston Villa» safida 2021 yildan beri to‘p tepmoqda.