Kuni kecha «At Ta’avun» jamoasini mag‘lubiyatga uchratgan «An Nasr» (2:1) klubi Saudiya Arabistoni chempionatidagi qatorasiga 4-g‘alabsini qo‘lga kiritdi. 41 yoshli Krishtianu Ronaldu 50-daqiqa bellashuvdagi g‘alaba to‘pini kiritdi va faoliyati davomidagi gollari sonini 978 taga yetkazdi.
Mehmonlar 11-daqiqada hisobni ochishdi, lekin Samu Kosta birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtdayoq muvozanatni tikladi. Ikkinchi bo‘lim boshida esa Muhammad Simakanning uzatmasidan keyin Ronaldu yaqin masofadan to‘pni darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi.
Bu Ange Posteko‘g‘lu jamoasi uchun chempionatdagi qatorasiga to‘rtinchisi bo‘ldi. Jamoa musobaqa jadvalida hamon yetakchilikni saqlab turibdi.