Saudiya Proligasi 3-turida «An Nasr» klubi safarda «Al Ittifoq»ga qarshi bellashdi. Unda mehmonlar superkambech evaziga 3:2 hisobida g'alaba qozondi.
Mezbonlar birinchi bo'limning o'zidayoq raqib darvozasini ikki bor ishg'ol qildi. Riyod klubi 12-daqiqadan boshlab maydonda bir kishi kam bo'lib qoldi. Tanaffus vaqtida Krishtianu Ronaldo zaxiraga olindi. Ikkinchi bo'limda esa Mane dublga erishdi va yana bir gol Al Amri hisobiga yozildi.
Natijada «An Nasr» ochkolari sonini 9 taga yetkazib, peshqadamlikni davom ettirmoqda.
Saudiya Proligasi. 3-tur
Al Ittifoq – An Nasr 2:3
Gollar: Duda 31, Medran 45+4 – Mane 21, 90, Al Amri 77
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi