BBC nashri Angliya Premer-ligasi tarixida eng yaxshi murabbiylar reytingini tuzdi.
Unga koʻra, reytingning eng yuqorisini «Manchester Yunayted» bilan ligada 13 marta chempion boʻlgan Aleks Fergyuson egalladi. Shotlandiyalik mutaxassis «qizil iblislar» tarixidagi eng sovrindor murabbiy hisoblanadi. Reytingning ikkinchi pogʻonasi «Manchester Siti»dagi faoliyati bilan tanilgan Pep Guardiola joylashtirildi. Kuchli uchlikni esa «Arsenal»ning afsonaviy murabbiyi Arsen Venger yakunlab berdi.
BBC talqinidagi kuchli oʻnlik:
Aleks Fergyuson — «Manchester Yunayted»
Pep Guardiola — «Manchester Siti»
Arsen Venger — «Arsenal»
Jozse Mourinio — «Chelsi», «Manchester Yunayted»
Yurgen Klopp — «Liverpul»
Klaudio Ranieri — «Chelsi», «Lester», «Fulxem», «Uotford»
Keni Dalglish — «Liverpul», «Blekbern», «Nyukasl»
Roberto Manchini — «Manchester Siti»
Mikel Arteta — «Arsenal»
Karlo Anchelotti — «Chelsi», «Everton»