O'zbekiston milliy jamoasi yarimhimoyachisi Aziz G'aniyev "Al Bateh"ni tark etdi. Bu haqda BAA klubi matbuot xizmati xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, klub 28 yoshli xavbek bilan hamkorlikni to'xtatishga qaror qilgan. Aziz 2024 yilning yozidan beri "Al Bateh" sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Futbolchining klub bilan amaldagi bitimi 2027 yilning yoziga qadar tuzilgan edi.
Hozircha G'aniyev faoliyatini qaysi jamoada davom ettirishi ma'lum emas. Ammo unga BAAning boshqa jamoalari qiziqish bildirmoqda degan xabarlar tarqalgan edi.