Superliga 19-turida "Dinamo" o'z maydonida "Paxtakor"ni qabul qildi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bellashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi. Dastlab 62-daqiqada Hojimat Erkinov hisobni ochdi. 87-daqiqada esa Behruz Oblakulovning uzatmasidan so'ng Firdavs Abdurahmonov hisobni tenglashtirdi.
Shu tariqa, "Paxtakor" ochkolari sonini 40 taga yetkazib, peshqadam "Neftchi"dan 5 ochkoga ortda qolmoqda. "Dinamo" esa 26 ochko bilan 9-pog'onada.
Superliga, 19-tur
Dinamo – Paxtakor 1:1
Gollar: Firdavs Abdurahmonov 87 - Hojimat Erkinov 62.
Dinamo: Nemanov, Radaev, Shtefan, Amonov (Oblakulov, 62), Jumaboyev, Abdusalomov, Xudoyberdiyev, O'rmonjonov (To'xtasinov, 62), Stanoevich, Xaydarovich (Haydarov, 62), Abdurahmonov.
Paxtakor: Quvvatov, Sayitov, Abdulmajidov, Mozgovoy, Nasrullayev, Bo'riyev, Sobirxo'jayev, Ibrohimov (Alijonov, 90), Erkinov (Resan, 78)), Flamario (Hamdamov, 90), Chinedu (Ayman, 78).