Superliganing 19-turida eng yaxshi yosh futbolchi deb Samarqandning «Dinamo» klubi futbolchisi Firdavs Abdurahmonov topildi.
Ushbu turda Abdurahmonov 1 ta gol urib, raqib darvozasi tomon 4 ta zarba yo‘lladi. Uning zarbalaridan 2 tasi darvoza tomon aniq borgan. Futbolchining gollarga kutilayotgan hissasi 0,4 xG, paslar aniqligi esa 70 foizni tashkil etdi.
Eslatib o'tamiz, «Dinamo» 19-turda Toshkentning «Paxtakor» jamoasi bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
