«Manchester Siti» vingeri Jek Grilish faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Football Insider nashri xabar berdi.
Manbana ko'ra, «rossoneri» angliyalik 30 yoshli futbolchini o'z safiga qo'shib olish imkoniyatini o'rganmoqda.
Grilish o'tgan mavsumni «Everton»da ijara asosida o'tkazdi. U Mersisayd klubida yaxshi taassurot qoldirgan bo'lsa-da, mavsumning ikkinchi yarmida olgan oyoq jarohati uning mavsumini erta yakunlashga majbur qildi. Shu sababli «Everton» futbolchini doimiy ravishda sotib olish borasidagi rejasidan voz kechgan.
Ma'lumot uchun, Jekning «Manchester Siti» bilan shartnomasi 2027 yilgacha amal qiladi. O'tgan mavsumda «irislar» safida 22 ta uchrashuvda 2 ta gol va 6 ta assist qayd etgan.