Live
4
O'zbek

Ayyub Buaddi «Manchester Siti» safida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi — TG

Futbol
25 avgust, 10:24
18 yoshli xavbek barcha zarur tekshiruvlardan muvaffaqiyatli o‘tgan.
Ayyub Buaddi «Manchester Siti» safida tibbiy ko‘rikdan o‘tdi — TG
Foto: Gettyimages

Marokashlik yarimhimoyachi Ayyub Buaddi «Lill» klubidan 100 million yevro evaziga «Manchester Siti»ga o‘tish oldidan tibbiy ko‘rikdan muvaffaqiyatli o‘tdi.

18 yoshli futbolchining «Etihad»ga ko‘chib o‘tish ishlari yakunlanish arafasida turibdi, deya xabar beradi «The Guardian».

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «Manchester Siti» va «Lill» 95 million yevrolik transfer borasida kelishuvga erishgan, shuningdek, kelishuvga qo‘shimcha 5 million yevro miqdoridagi bonuslar ham kiritilgan.

Futbolchining «Lill» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Endilikda Buaddi yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan besh yillik shartnomaga imzo chekishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda Buaddi barcha musobaqalar doirasida 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 samarali uzatma muallifiga aylandi.

Transfermarkt portali yosh iqtidor sohibining aktual transfer narxini 80 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar