Live
3
O'zbek

Hakamlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Futbol
25 avgust, 11:09
Bugun, 25-avgust O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida qo‘mitaning navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazildi.
Hakamlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Foto: UzFHM

Bugun O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida Hakamlar qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda hakamlik faoliyatini yanada takomillashtirish, sohadagi mavjud masalalarni muhokama qilish va oldinda turgan vazifalarni belgilab olish bo‘yicha muhim masalalar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish kun tartibidan o‘rin olgan asosiy masalalar:

VAR hakamlari salohiyatini rivojlantirish: “VAR” va “AVAR” hakamlarining Superliga hamda Proliga uchrashuvlariga tayinlanishi, kelgusida VAR hakamlari sonini ko‘paytirish va ularning yanada sifatli hamda samarali faoliyat yuritishini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, FIFA kunlari davomida amaldagi VAR va AVAR hakamlarini qayta attestatsiyadan o‘tkazish, shuningdek, yangi VAR va AVAR hakamlarini tayyorlash va ularni mazkur yo‘nalishdagi sinovlardan o‘tkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

Hakamlar faoliyatini baholash: Superliga, Proliga va boshqa quyi ligalarning o‘tgan tur uchrashuvlarida hakamlar, yordamchi hakamlar hamda "VAR" hakamlari olgan past baholarni ko‘rib chiqish, bahsli va murakkab vaziyatlarni tahlil qilish.

Yosh hakamlar va Hakamlar akademiyasi faoliyati: Hakamlar markazi rahbari Ma’mur Saidkasimov yosh hakamlar bilan ishlash bo‘yicha tuzilgan ishchi komissiya hisobotini taqdim etdi. Shuningdek, Hakamlar akademiyasining 5-moduli natijalarini tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi masalalar atroflicha tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarning oldini olish, hakamlarning nazariy hamda amaliy tayyorgarligini oshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatma va vazifalar berildi.

Foto: PFL
Foto: PFL
Foto: PFL
Foto: PFL
Foto: PFL
Bugungi yangiliklar